Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandni  «Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» shiori ostida rivojlantirish choralari ko‘riladi

Samarqandni  «Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» shiori ostida rivojlantirish choralari ko‘riladi

Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» konsepsiyasi asosida rivojlantirish choralari ko‘riladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:

  • 4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;
  • Samarqand turistik markazida qurilish uchun «vaqtincha olib kirish» bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida «Aviation & Logistics Forum» II xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi.

Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi.

2023-yil 1-sentyabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tizimda:

  • chiptalarni «Uzbus» platformasida xarid qilish tartibi;
  • avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platforma yaratiladi.

2023-yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring