Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandning 24 ta mahallasida vaqtincha gaz o‘chishi aytildi

Samarqandning 24 ta mahallasida vaqtincha gaz o‘chishi aytildi

Samarqand shahrining 22 ta va Samarqand tumanining 2 mahallasida vaqtincha gaz o‘chishi ma’lum qilindi.

Shahar hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, bu «Shimoliy» GTS hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvurlar va yuqori bosimli GTKlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Shunga ko‘ra, ertaga, 22-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga jami 24 mahallada tabiiy gaz ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Gaz ta’minotidan uziladigan mahallalar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring