Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandshahargaz» operatorlari jinoyat ustida qo‘lga tushdi

«Samarqandshahargaz» operatorlari jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati huquq tartibot organlari hamkorligida «Samarqandshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda ta’magirlik holatlari aniqlandi.

Xabarda aytilishicha, mazkur idorada bo‘lim operatori bo‘lib ishlab kelgan, 1985-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ayni paytda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B.O. mahalliy fuqaro A.A.ning tabiiy gaz iste’molidan mavjud 5 million so‘mlik qarzdorligini so‘ndirish evaziga 2,5 million so‘m berishini talab qilib, ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

O‘z navbatida B.O. aslida, ushbu fuqarodan olgan pul mablag‘ini voqea joyiga o‘zi bilan birga kelgan «Samarqandshahargaz» bo‘limi aholi iste’molchilari bilan ishlash operatori A.O‘.ga berishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma bergan va mazkur holat tezkor tadbir davomida protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda fuqarolar B.O. hamda A.O‘. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring