Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo-sanoat palatasiga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun ixtiyoriy bo‘ladi

Savdo-sanoat palatasiga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun ixtiyoriy bo‘ladi

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018-yil 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergan edik.

Qonun loyihasini ko‘rib chiqish davomida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda tadbirkorlar birlashmalariga majburiy a’zolikning kiritilishi kutilayotgani, bu biznes hamjamiyatini o‘zaro uyg‘unlashtirishi va iqtisodiyotning umuman rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilishi ta’kidlangan edi.

Qonun loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartirish jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, «Korzinka.uz» tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov telegramdagi kanali orqali qonunchilikka kiritilayotgan ushbu o‘zgartirish yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Savdo – sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoniga tadbirkorlar, amaliyotchi olimlar va jamoat tashkilotlari vakillari jalb qilindi  hamda qizg‘in muhokamalar o‘tkazilgan.

Tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha choralar bilan qo‘llab-quvvatlash Savdo-sanoat palatasining asosiy vazifasi etib belgilangan.

«Mazkur qonunda palataning funksiyalari belgilab berildi, palataning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi, palata faoliyatini tashkil etish, shu jumladan palataga a’zolik masalalari tartibga solindi.  Unda mamlaktimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun palataga a’zolik ixtiyoriy qilib belgilandi. Qonun Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi», deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring