Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga ijtimoiy soliq imtiyozi yana 3 yilga uzaytirildi

Savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga ijtimoiy soliq imtiyozi yana 3 yilga uzaytirildi

Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilangan edi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, natijada o‘tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko‘paydi. Ko‘p korxonalar «soya»dan chiqib, oylikni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko‘payib, qo‘shimcha 2,1 trillion so‘m soliq tushdi.

«Shu bois ko‘p tadbirkorlar imtiyoz muddatini yana uch yilga uzaytirishni so‘ramoqda. Bu taklif ma’qullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, «konvertda» oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytirilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring