Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatda navbatdagi yalpi majlis 27-dekabrda chaqiriladi. Qaysi masalalar ko‘rilishi aytildi

Senatda navbatdagi yalpi majlis 27-dekabrda chaqiriladi. Qaysi masalalar ko‘rilishi aytildi

Kecha, 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisini 2022-yil 27-dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Jumladan, Prezident Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek, «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi, «2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi, «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi, «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022-yil 29-mart) ratifikatsiya qilish haqida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqiladi. 

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring