Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaharsozlikda ayrim litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaytirilyapti

Shaharsozlikda ayrim litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaytirilyapti

O‘zbekiston hududida doimiy muassasasi bo‘lgan norezident yuridik shaxslar ham balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishlari mumkin. Litsenziya olish uchun murojaat etish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

Bu borada 23-noyabr kuni Hukumatning 619-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, shuningdek, shaharsozlik sohasidagi ayrim litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaytirilmoqda.

Jumladan, xavfi yuqori bo‘lgan ob’yektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaytiriladi.

Shuningdek, ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirishga litsenziyani olish uchun tashkilot shtatida kamida 15 nafar mutaxassisga ega bo‘lish talabi qo‘yilmoqda. Shulardan asosiy ish joyi sifatida ishlovchi:

  • direktor;
  • soha bo‘yicha oliy ma’lumotga va loyihalashtirish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega 3 nafar loyiha bosh muhandisi;
  • bosh arxitektor;
  • 2 nafar texnolog;
  • 2 nafar konstruktor bo‘lishi kerak.

Litsenziyani shu jumladan chet el (doimiy muassasasi mavjud) yuridik shaxslar olishlari mumkin. Ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 20 kunga qisqaryapti.

Yangi litsenziya talablari 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi, unga qadar tegishli litsenziyaga ega tashkilotlar o‘z faoliyatini yangi talablarga muvofiqlashtirishlari lozim.

2024-yil 1-apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan bino va inshootlardan  foydalanish uchun ruxsatnoma berilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring