Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Bugun, 21-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring