Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida yigirmadan ortiq hujjat imzolangan (ro‘yxat)

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida yigirmadan ortiq hujjat imzolangan (ro‘yxat)

Joriy yil 5-8-oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan edi.

Tashrif doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, ularda qator ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Rossiya prezidenti sayti ikki tomonlama hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

  1. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti;
  2. Rossiya va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida neft mahsulotlarini temir yo‘l orqali yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim;
  3. Rossiya va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida neft yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim;
  4. Rossiya va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida Rossiyaning Samarqand shahrida Bosh konsulligini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim;
  5. Rossiya TIV va O‘zbekiston TIV o‘rtasidagi 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  6. Federal bojxona xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operatorning tegishli muassasalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim;
  7. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida «Agroekspress» tezyurar temir yo‘l tashishlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  8. Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  9. «Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi» federal davlat budjet muassasasi va O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  10. Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi kelishuvlarni 2023-2025-yilga mo‘ljallangan amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  11. «Rossiya temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida:

  1. Tatariston (Rossiya Federatsiyasi) Hukumati va Surxondaryo viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasidagi kelishuv;
  2. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Boshqirdiston (Rossiya Federatsiyasi) va Jizzax viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (yo‘l xaritasi);
  3. Boshqirdiston (Rossiya Federatsiyasi) Hukumati va Farg‘ona viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (yo‘l xaritasi);
  4. Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashlari o‘rtasida Rossiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks harakatlar dasturi;
  5. «Vayldberriz» MChJ va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida Toshkent viloyatida multimodal logistika markazini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
  6. Toshkent shahar hokimligi va «GMS guruhi» boshqaruv kompaniyasi» MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  7. «Vayldberriz» MChJ va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida internet-tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  8. OZON va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  9. «IT Park» yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark» davlat avtonom muassasasi hamda «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki direksiyasi» MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi;
  10. Tatariston Savdo-sanoat palatasi ittifoqi va «O‘zcharmsanoat» uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi;
  11. «AleksanderGRAD» MChJ (Rossiya Federatsiyasi) va «Navoiy» EIZ direksiyasi AJ (O‘zbekiston Respublikasi) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi;
  12. «Ru-injiniring» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi MChJ va «O‘zmetkombinat» AJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  13. «KER-holding» boshqaruv kompaniyasi MChJ va «O‘zmetkombinat» AJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring