Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sijjak» sotilmaydigan bo‘ldi

«Sijjak» sotilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan «Sijjak» va «Chotqol» dam olish maskanlari xususiylashtirilgan ob’yektlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Hujjatga ko‘ra, «Sijjak» 124-maktab-internatiga, «Chotqol» kasaba uyushmalari federatsiyasiga biriktirilgan. Ularni sotish mumkin emas, faoliyat turini o‘zgartirish ham taqiqlanadi.

«Sijjak» O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lib, 2017 yil 10 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining qarori bilan musodara qilingan edi.

Birinchi marta dam olish maskani 2021 yil mart oyi oxirida sotuvga qo‘yilgan. «Sijjak» dam olish oromgohini 2022 yil aprel va oktyabr oylarida ham sotilishiga harakat qilingan.

Ma’lumot uchun, «Sijjak» oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan bo‘lib, yer maydoni 5,38 gektarni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring