Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda auksionda yer olib berish uchun pora olgan mansabdor ushlandi

Sirdaryoda auksionda yer olib berish uchun pora olgan mansabdor ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi 10 gektar zaxiradagi yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 17 mln so‘m pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.J. fuqaro O.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun 10 gektar zaxiradagi yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 17 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring