Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi (video)

Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi (video)

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli idoralar hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Sirdaryo tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosida xorijdan keltirilgan jami 107 dona «Innosilicon T3», «Whatsminer M21S» va «Antminer S9 Bitmain» qurilmalaridan foydalanib, kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilgan.

Aniqlanishicha, ushbu maqsadda 2022-yilning aprel oyidan 2024-yilning mart oyiga qadar MChJga qarashli elektr hisoblagichning ikkilamchi zanjirini vaqti-vaqti bilan uzib, haqiqatda oqib o‘tayotgan quvvatni yashirish orqali hisoblagich ko‘rsatkichini sun’iy kamaytirish yo‘li bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 34 mlrd 367 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Agarda MChJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln kVt elektr energiyasidan oqilona foydalanilganida, viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplash mumkin edi.

Hozirda MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring