Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda tarixiy yodgorlikning bir qismi hojatxona va hammom uchun buzilgan – Bosh prokuratura

Sirdaryoda tarixiy yodgorlikning bir qismi hojatxona va hammom uchun buzilgan – Bosh prokuratura

Prokuratura organlari hamda Madaniy meros agentligi xodimlari hududlarda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

O‘tkazilgan tekshirishlarda qonun buzilishi holatlari aniqlanib, bir qator arxeologiya yodgorliklarini yo‘qotilishi oldi olindi.

Xususan, Qashqadaryoda «Kofirtepa-2» (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 m.kv, «Beshteraktepa»ning (IX – XII) 6 m.kv hamda “Xontepa”ning (XI – XIII) 189 m.kv qismi uy-joy uchun buzilgani aniqlangan.

Shuningdek:

  • Jizzaxda «Tomoshotepa-2» (IV – V) yodgorligining 14 m.kv qismi hojatxona hamda «Qoratepa»ning (V – VI) 30 m.kv qismi issiqxona;
  • Sirdaryoda «Hashartepa» (IX – XII) yodgorligining 6,4 m.kv qismi hojatxona va hammom;
  • Navoiyda «G‘azg‘ontepa» yodgorligining 16 m.kv qismi mobil kompaniya antennasi, «Nonvoylartepa-2»ning 5,3 m.kv, «Kaltepa»ning (V – VIII) 23 m.kv hamda «Yasiltepa»ning (III – XI) 20 m.kv qismi xo‘jalik inshootlari;
  • Toshkent viloyatida «Nomsiztepa-1» yodgorligining 15 m.kv qismi hojatxona, «Nomsiztepa-2»ning 1,92 m.kv qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.

Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davom ettirilyapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring