Sirdaryoda yongan uy ichidan 3 kishining jasadi chiqqani aytilmoqda
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani «Ziyokor» mahallasidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng, uydan qotillik alomatlari bilan ayol va ikki nafar bolaning jasadi topilgani aytilmoqda.
Hodisa 2024-yil 27-aprel kuni soat 02:55 larda sodir bo‘lgan.
Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi«a,j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter