Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dasturlash hamda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim beriladigan «Smart class»lar tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda dasturlash hamda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim beriladigan «Smart class»lar tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Hancom Group kompaniyasi raisi o‘rinbosari Sonjun Byon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yuqori baholandi. IT sohasini rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash maqsadida Inha universiteti tashkil etilgani, ushbu oliy ta’lim muassasasidan har yili ko‘plab mutaxassislar yetishib chiqayotgani ta’kidlandi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Janubiy Koreya tomoni kompaniya haqida ma’lumot berar ekan, tashkilot dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha Koreya Respublikasida yetakchi o‘rinda turishini, bundan tashqari, 30 dan ortiq boshqa yo‘nalishlarda ham faoliyat olib borishini ma’lum qildi. Kompaniya vakili, shuningdek, O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish maqsadida Smart class zamonaviy xonalarini tashkil etish va unda dasturlash hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida ta’lim olib borish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

O‘zbekiston tomoni mamlakatni mintaqaviy IT habga aylantirish asosiy maqsad ekanini qayd etgan holda, mazkur taklifni unga hamohang tarzda amalga oshirish mumkinligini bildirdi. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek yoshlarini chetga chiqmagan holda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash va IT xizmatlar eksportini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring