Sog‘liqni saqlash vaziriga xorijlik maslahatchi tayinlanadi
Sog‘liqni saqlash vazirligida xorijlik mutaxassis ishlaydigan vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning «Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida belgilanmoqda.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh reja loyihasini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, vazirlik markaziy apparatiga ajratilgan shtatlar birligi doirasida sog‘liqni saqlash vazirining sog‘liqni saqlash islohoti va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.
Mazkur qaror loyihasi bilan sog‘liqni saqlash vaziriga bir oy muddatda mazkur lavozim uchun sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv va islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tajribali va yetuk xorijiy mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha vazifa topshiriladi.
Shuningdek, davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni – 203 nafar, sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlarining cheklangan soni – 586 nafar etib belgilanishi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter