«S&P» agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi kutilmasini «ijobiy» baholadi

«S&P Global Ratings» xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «barqaror» darajadan «ijobiy» darajaga yaxshiladi.
2025-yilning 23-may kuni «S&P» xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston suveren kredit reytingiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra respublikaning kredit reyting bahosi «BB-» darajasida tasdiqlandi va ilk bora reyting kutilmasi «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirildi.
Hisobotda O‘zbekiston suveren kredit reytingi kutilmasining «ijobiy»ga oshirilishining asosiy omillari sifatida 2017-yildan iqtisodiyotni liberallashtirish va barqarorligini oshirish, boshqaruv sifati va makroiqtisodiy siyosatni takomillashtirishga qaratilgan davomiy harakatlar alohida e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yil boshidan «S&P» tomonidan 10 ta mamlakatning (Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Albaniya va b.) reyting bahosi/kutilmasi oshirilgan va 13 ta mamlakatniki pasaytirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter