Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Islom Jasimov 1957-yil 24-martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

1993-yilda «O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i», 2001-yilda «Shuhrat» medali va 2017-yilda «Do‘stlik» ordeni davlat mukofotlari hamda 2020-yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi» medali bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» tahririyati jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring