Sudyalarning jamoatchilik oldida axborot berish tartibi belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida sudlar mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyiha bilan konstitutsiyaviy kafolatlarni to‘laqonli tatbiq etish, sudlar mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida sudlar raislarining mahalliy kengashlarga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoida bekor qilinmoqda. O‘z navbatida, sudlar faoliyatida shaffoflikni yanada ta’minlash maqsadida sudlarning har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish tartibi belgilanyapti.
Qayd etilishicha, sudlarning mahalliy kengashlarga axborot berishlariga oid xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilganda sudlarning davlat hokimiyati boshqa tarmoqlaridan mustaqil bo‘lishini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilgani aniqlangan.
Yig‘ilishda deputatlar sudyalar mustaqil ekani g‘amda ularning erkinligini ta’minlash uchun ochiq hisobot berish majburiyatidan xolos qilish lozimligini ta’kidlab, sud tizimining boshqa hokimiyat organlariga hisobot berishi konstitutsion normalarga zid ekanini qayd etishdi.
Qonun tashabbuskorlarining ta’kidlashicha, taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar sud hokimiyatining mustaqilligini to‘laqonli ta’minlash kafolatini yanada mustahkamlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter