Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov ham senator bo‘ldi
Bugun, 13-iyun kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylovda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Shuningdek, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Qosimov 2022 yilning 26 dekabrida Prezidentining tegishli farmoni bilan viloyat hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter