Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiiy gazlar qabul qilish va uzatishni ham soliq organlari nazorat qiladi

Tabiiy gazlar qabul qilish va uzatishni ham soliq organlari nazorat qiladi

2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi va mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

Bu haqda «Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Shuningdek, 2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan:

  • tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;
  • mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi o‘rtasida kartadan-kartaga pul o‘tkazmalarini ham soliqchilar nazorat qilishi belgilangan, biroq keyinroq bu tartib bank sirlari deb hisoblanishi vajidan Konstitutsiyaviy qonunga zid deb topilib, bekor qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring