Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, 2 ta mashinani majaqlagan «Tahoe» haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, 2 ta mashinani majaqlagan «Tahoe» haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

14-dekabr kuni soat 13:00 atrofida Marg‘ilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahasi avtomobil yo‘lida «Tahoe-2» avtomashinasi haylovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Tico» avtomashinaga borib urilgan, hodisa kameralarga tushib qolgandi.

YTH natijasida og‘ir jarohatlangan «Tico» haydovchisi Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Jabrlanuvchida og‘ir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi aniqlangan. «Tico» yo‘lovchisi A.Q.da esa chap boldir suyagi yopiq singan.

«Tico»ning ortidan harakatlanib kelayotgan «Matiz» avtomobili ham YTH natijasida majaqlangan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan «Tahoe» haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring