Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taqiqlovchi yo‘l belgilari haydovchilarni oldindan xabardor qilib, so‘ng o‘rnatiladi – loyiha

Taqiqlovchi yo‘l belgilari haydovchilarni oldindan xabardor qilib, so‘ng o‘rnatiladi – loyiha

Adliya vazirligi «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga yo‘l harakatini tartibga solishga doir ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Hujjat loyihasida, jumladan, «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga 13-1-moddasini qo‘shish nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, mazkur modda bilan yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositalarini o‘rnatishga doir talablar amaliyotgan joriy qilinadi.

Ya’ni, kelgusida:

  • yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari davlat standartlari, yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘rnatiladi.
  • taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.
  • taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan kamida yigirma kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik mahalliy ijro hokimiyati organining tegishli rasmiy internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinadi.
  • yo‘l belgilarining elektron reyestri shakllantiriladi hamda ularning joylashgan joyi bo‘yicha xaritasi e’lon qilinadi.
  • yo‘l belgilarining elektron reyestriga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
  • yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalariga qo‘yiladigan texnik talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar bilan belgilanadi.
  • tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, «sun’iy notekislik» qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib hozircha loyiha bo‘lib, u Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring