Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’til kunlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun haq to‘lanmaydi – vazirlik

Ta’til kunlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun haq to‘lanmaydi – vazirlik

Joriy  yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilingandan so‘ng mazkur kunlarda ham bog‘cha puli to‘lanadimi mazmunidagi savollar ko‘paydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida mazkur ta’til kunlari uchun bog‘cha to‘lovi to‘lanmaydi.

Ta’til e’lon qilingunga qadar bog‘cha to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lsa, keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan esa ta’til kunlari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xodimlarga amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring