Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taxiatosh IESga quyosh panellari o‘rnatilyapti

Taxiatosh IESga quyosh panellari o‘rnatilyapti

Taxiatosh IESda 1 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, IES o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiyadan qoplash choralarini ko‘ryapti.

Yirik loyiha asosida o‘rnatiladigan hududlarda konstruksiya ishlari tugatilib, quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

«Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring