Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda O‘zbekiston–Afg‘oniston hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Termizda O‘zbekiston–Afg‘oniston hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-may kuni Termiz xalqaro savdo markazida O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston Bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi delegatsiyalar qatnashdi.

Uchrashuv chog‘ida savdo, transport, gumanitar va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Afg‘oniston tomonidan Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi uchun yuborilgan 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmari O‘zbekiston tomonidan qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring