Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyadagi terroristik harakatlarda qatnashgan fuqaro 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Suriyadagi terroristik harakatlarda qatnashgan fuqaro 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi

2021 yildan buyon Suriyadagi terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etib kelgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1999 y.t. fuqaro 2020 yilning sentyabr oyida mavsumiy ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, tikuvchilik sexida ishlashi davrida internet orqali «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti sobiq yetakchisi «Abu Saloh»ning ma’ruzalarini muntazam tinglashi natijasida, unda ekstremistik qarashlar shakllangan.

So‘ngra «Tavhid va jihod katibasi» jangarilari safiga qo‘shilish maqsadida internet orqali mazkur tashkilotning 2 nafar a’zosi bilan tanishib, ularning yo‘l-yo‘riqlari asosida 2021 yilning yanvar oyida Suriya davlatiga o‘tgan.

U yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.

Terrorizmga qarshi kurashish doirasida ushbu shaxsning qilmishlariga chek qo‘yilib, 2022 yilning iyun oyida u O‘zbekistonga olib kelindi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining hukmiga asosan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 155-2 moddasining 1-qismi va 244-2 moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring