Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi fosh etildi

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi fosh etildi

Toshkent viloyatida tezkor tadbirda sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni noqonuniy ravishda saqlab, sotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Nurafshon shahrida fuqaro M.X. 72 000 dona xorijiy «sistema infuzion» tibbiy buyumini 17 900 AQSh dollari va 30 mln so‘mga sotgan paytda ushlangan. Uning avtomashinasi hamda Yunusobod tumanidagi uyidan 240 mln so‘mlik 867 quti dori vositalari va 72 389 dona tibbiy buyum ashyoviy dalil sifatida olingan.

Chirchiq shahrida esa fuqaro Q.B. 11 500 dona «Menavazin» va «Metralin» dori vositalari hamda «sistema infuzion» tibbiy buyumlarini sifat hujjatlarisiz 130 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlangan.


Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring