Toshkent xalqaro aeroportidagi taksi monopoliyasiga chek qo‘yiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Islom Karimov» nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida avtoturargohlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilgani, shuningdek, aeroport hududida faqat yagona taksi xizmati monopoliya bo‘lib olgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holatni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rganib chiqqanida, haqiqatdan ham aeroport hududida faqatgina bitta tadbirkorlik sub’yektiga ma’lum bir shart-sharoitlar yaratib berilgani, ushbu sub’yektdan to‘lovlar undirilmayotganligi, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning avtomobillari aeroport hududiga kiritmayotgani va to‘lov miqdorini oshirilishi orqali ushbu sohada raqobatni cheklash holati sodir etilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi 2022 yil 23 dekabrida «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi Qonuni 16-moddasi beshinchi xatboshisi hamda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni 11-moddasi uchinchi qismi talablari buzilgan deb qaror qilgan va «Uzbekistan Airports» AJga majburiy ko‘rsatmalar bergan.
Biroq «Uzbekistan Airports» AJ Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2023 yil 28 martdagi hal qiluvchi qarori bilan «Uzbekistan Airports» AJ shikoyati rad etib, Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirilgan. Ammo sud qaroridan qoniqmagan «Uzbekistan Airports» AJ Toshkent shahar ma’muriy sudiga apellyasiya kiritgan.
«Uzbekistan Airports» AJning apellyasiya shikoyati asosida Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasi tomonidan ham ko‘rib chiqilib, 2023 yil 12 iyunda apellyasiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter