Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 156 ta tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Toshkentda 156 ta tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Joriy yilning 8 oyi davomida Toshkent shahridagi budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan boshlang‘ich narxi jami 2 trln 590,9 mlrd. so‘mlik 1 974 ta tanlov (tender) savdolari o‘tkazilgan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida umumiy boshlang‘ich qiymati 107,12 mlrd. so‘mlik 156 ta tanlov (tender) savdolarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi hamda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bunday qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 60 tadan ziyod tashkilotga ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

23 ta xaridlar buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy ravishda bekor qilinib, 81 ta xaridlarda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar yuzasidan chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring