Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir oilaning uch a’zosi vafot etdi. Yana ikki nafari hushsiz topilgan

Toshkentda bir oilaning uch a’zosi vafot etdi. Yana ikki nafari hushsiz topilgan

Joriy yilning 16-yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda Toshkent shahar Uchtepa tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, tumanning 1-Tong ko‘chasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi hushsiz holda o‘z yashash xonadonida topilganligi holati yuzasidan xabar kelib tushgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea joyiga tezkor-tergov guruhi chiqqan va joy hamda hushsiz tanalar ko‘zdan kechirilgan vaqtda fuqarolar – 38 yoshli M.N. (ayol) va 4 yoshli S.S. (ayol) lar vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.  

Shuningdek, RShTYoIMning toksikologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib borilgan 40 yoshli Z.A. (erkak) ham ko‘rsatilgan tez-tibbiy yordamga qaramasdan 17 yanvar kuni vafot etgan.

Bundan tashqari fuqarolar 2011-yilda tug‘ilgan M.S. (ayol) hamda 2023-yilda tug‘ilgan F.S. (ayol) lar hushsiz xolatda topilib, RShTYoIMning Toksikologiya jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hodisa joyidan turli xil giyoh va dori vositalari, xonadonda iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining barchasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan JKning 186-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring