Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bolalar bog‘chasida yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatlari haqida ma’lumot berildi

Toshkentda bolalar bog‘chasida yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatlari haqida ma’lumot berildi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Poytaxt FVBga ko‘ra, bugun, 3-dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Jarariq mahallasi Jarariq ko‘chasida joylashgan xususiy bog‘chada yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yong‘in soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino 2-qavatining 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘indan binoning 300 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring