Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «daraxtkesar» fuqaro 11 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkentda «daraxtkesar» fuqaro 11 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi Sh.Rustaveli 2-tor ko‘chasidagi aylantus navli daraxtining kesilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Aniqlanishicha, fuqaro A.B. o‘ziga tegishli yer maydonida o‘sib turgan bir tup qisman qurigan daraxtni tegishli  ruxsatnomalarsiz tag qismidan kesib tashlagan.

Holat yuzasidan fuqaro A.B.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huqubuzarlikni sodir etganligi sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 11 mln 55 ming so‘mga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring