Toshkentda elektr uzatish tarmog‘ida avariya yuz berdi

Bugun, 3 iyul kuni soat 14:25da Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Avariya natijasida Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent tumanining bir qismida elektr ta’minoti uzilgan.
«Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etilib, tarmoqni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Xabar to‘ldirildi: Vazirlikning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilar qayta tarmoqqa ulangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter