Toshkentda havo «o‘rtacha» darajadagi ifloslanish toifasiga qaytdi

Toshkent shahrida ayni vaqtda havoning mayda chang zarrachalari (PM 2,5) bilan ifloslanish darajasi Xalqlar do‘stligi maydonida 19 mgk/m3, Yunusobod tumanidagi Bodomzor yo‘lida esa 13 mkg/m3 ni ko‘rsatgan.
Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘zgidromet kuzatuv stansiyalari ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu xulosa havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning «o‘rtacha» darajadagi ifloslanishi kuzatilganidan dalolatdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvar kungi holatda poytaxt havosi tarkibidagi aynan RM-2.5 mayda zarrachasi jahon standart me’yoridan (REM) 18.7 marta yuqori kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter