Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki avtobus haydovchisi yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Toshkentda ikki avtobus haydovchisi yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilari o‘zaro yo‘lovchi talashib mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 28 fevral kuni 11:30 da «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, «Mercedes Benz LF» rusumli, davlat raqami 01|129 VCA bo‘lgan, 28-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi N.B hamda «Avtosantrans-servis» MChJga qarashli, «ISUZU» rusumli, davlat raqami 01|215 KCA bo‘lgan 155-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi M.M tomonidan sodir etilgan.

Hozirda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganliklari uchun haydovchi N.B va M.Mga nisbatan, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring