Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Toshkentda «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «O‘zekpomarkaz» milliy ko‘rgazmalar zalida «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasini tashkil qildi. Ko‘rgazma ertaga, 2-may kuni ham davom etadi.

Ko‘rgazma doirasida imkoniyati cheklangan insonlar, tadbirkorlar, hunarmandlar uchun hamkorlar topish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarini namoyish qilish uchun katta maydon ajratilgan. Bu yerdan hamma narsani – mebel, tekstil, poybazal, oziq-ovqat, texnika, sport, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlarni topish mumkin. Sifati ham a’lo. E’tiborlisi, hududlardagi 300 nafarga yaqin tadbirkorlar bilan  ham masofadan turib savdolar tashkil etish mumkin.

Shahrisabzlik Xursand Eshonqulovning fikricha, ushbu ko‘rgazmaning tashkil etilgani u uchun yaxshi imkoniyat.

– Yettinchi avlod hunarmandlardan bo‘lamiz, – deydi Xursand Eshonqulov. – Bolalar uchun sopoldan hushtak tayyorlaymiz. Bilasiz, yosh bolalar o‘suvchan bo‘ladi, mana shu hushtakni chalsa, o‘pkasi ham yoshligidan yaxshi rivojlanadi, shu jihati bilan bu bolalarimiz uchun foydali.

Xullas, ko‘rgazmaga keling, tadbirkorlar bilan suhbatlashing, ular tayyorlangan mahsulotlarni xarid qiling, afsuslanmaysiz.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring