Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda joriy yilgi isitish mavsumi yakunlanyapti

Toshkentda joriy yilgi isitish mavsumi yakunlanyapti

Ertaga, 26 martdan boshlab Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, Hukumatning 2014-yil 15-iyuldagi «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.

«Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring