Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Bugun, 18-avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning 5-qavatida joylashgan xonadon yonib ketdi.

Toshkent shahar FVBning ma’lum qilishicha, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da  o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadaonlarga o‘tib ketishning oldi olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring