Toshkentda sobiq adliyachi hamtovoqlari bilan qariyb 900 mln so‘mni “tuya” qildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba to‘langan 864 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha ayni paytda prokuratura organlari tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Agentlik va DXX organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda ayrim davlat xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘larning budjetga va boshqa vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga noto‘g‘ri taqsimlanganligi aniqlangan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar esa jinoyat ishiga qo‘shib hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter