Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uy-joy ijara narxlari 1,3 foizga pasaydi – iqtisodiy tahlil

Toshkentda uy-joy ijara narxlari 1,3 foizga pasaydi – iqtisodiy tahlil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo‘lsa,  to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha narxlar deyarli o‘zgarmadi.

2024-yilning noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi okyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxida esa biroz (0,8 foizga) ko‘tarilish kuzatildi. 

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli (1 xonali - $298, 2 xonali – 360 AQSh dollari, 3 xonali – 404 AQSh dollari, 4 xonali - 411 AQSh dollari);
  • Olmazor (1 xonali – 330 AQSh dollari, 2 xonali – 364 AQSh dollari, 3 xonali – 463 AQSh dollari, 4 xonali – 479 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan.

 Eng qimmat ijara narxlari esa:

  • Mirobod (1 xonali – 378 AQSh dollari, 2 xonali – 516 AQSh dollari, 3 xonali – 680 AQSh dollari, 4 xonali – 865 AQSh dollari);
  • Yakkasaroy (1 xonali – 367 AQSh dollari, 2 xonali – 488 AQSh dollari, 3 xonali – 668 AQSh dollari, 4 xonali – 743 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 2 xonali (559 AQSh dollari) va 3 xonali (733 AQSh dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari  0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo‘lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o‘rtacha 0,9 foizga pasaydi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari:

  • Sergeli (1 xonali – 331 AQSh dollari, 2 xonali – 410 AQSh dollari,  3 xonali – 509 AQSh dollari, 4 xonali – 587 AQSh dollari);
  • Uchtepa (1 xonali – 353 AQSh dollari, 2 xonali – 450 AQSh dollari, 3 xonali – 554 AQSh dollari, 4 xonali – 688 AQSh dollari) tumanlarida.

Eng qimmat ijara narxlari:

  • Mirobod (1 xonali – 479 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 984 AQSh dollari, 4 xonali – 1313 AQSh dollari);
  • Shayxontohur (1 xonali – 520 AQSh dollari, 2 xonali – 730 AQSh dollari, 3 xonali – 1032 AQSh dollari, 4 xonali – 1258 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

Qayd etilishicha, mazkur ijara narxlari ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Bunda 2024-yilning oktyabr oyi uchun 43,1 mingta va noyabr oyi uchun 38,1 mingta ma’lumotdan foydalanilgan. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring