Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi yo‘lovchi avtobuslaridan birida yong‘in chiqqani aks etgan videotasvir tarqaldi.

«Toshshahartransxizmat» korxonasiga qarashli 7-avtobus saroyi filiali rahbari holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26-fevral kuni soat 08:20 larda 33-yo‘nalishda harakatlanadigan 2013-yilda ishlab chiqarilgan «Mercedes Benz» avtobusida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Yong‘in sodir bo‘lganida avtobus saroydan AShB tomon harakatlanayotgan bo‘lgan va ichida yo‘lovchilari bo‘lmagan.

Hozirda avtobus korxonaga olib kelingan va tutashuv sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabrida ham Toshkent shahar Sergeli tumani hududida yo‘lovchi avtobusi yonib ketgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring