Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Bugun, 28-yanvar kuni soat 10:50 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani «Qushbegi» MFY Sh.Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Mersedes-Benz» rusumli o‘ylovchi tashishga mo‘ljallangan 9T-yo‘nalishidagi avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

FVB ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelganligi uchun, yo‘lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan.

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:58 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Abu Saxiy» savdo majmuasi oldida ham 147-yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqqani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring