Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Myunxenga muntazam reys qo‘yildi

Toshkentdan Myunxenga muntazam reys qo‘yildi

Foto: Xabar.uz

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 29 oktyabrdan Toshkent–Myunxen–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. «Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, ayni yo‘nalishdagi reys haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Rasmiy ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev va Myunxen aeroporti vitse-prezidenti Ulrix Teis o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan Airways» Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha  ham muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ygan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston poytaxtidan Hamburg, Hannover hamda Bremen shaharlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud, faqat ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga boshqa aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring