Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga 200 taga yaqin «MAN» avtobuslari olib kelinadi

Toshkentga 200 taga yaqin «MAN» avtobuslari olib kelinadi

Toshkentga 190 dona katta sig‘imli yangi avtobus keltiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ Matbuot kotibi Muslima Obidova ma’lum qildi.

Obidovaga ko‘ra, 2022-yil 2-fevraldagi «Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan poytaxtga yangi avtobuslar olib kelinadi. Xususan, «Truck And Bus Trade Group» MChJ tomonidan yil yakuniga qadar 190 dona MAN A22 CNG rusumli katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi.
Bu rusumdagi avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, konditsionerlar bilan jihozlangan va siqilgan tabiiy gazda ishlaydi.

«Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ehtimol, ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli ISUZUlarning o‘rnini egallaydi», – deydi tashkilot xodimi.

Shuningdek, yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinishi aytildi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.

Ta’kidlanishicha, Yutong rusumidagi elektrobuslar olib kelinishi (hozirda poytaxt avtobus parkida 20 dona mavjud, -tahr) reja qilinmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring