Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtning qariyb yarmida ichimlik suvi ikki kunga to‘xtatiladi

Poytaxtning qariyb yarmida ichimlik suvi ikki kunga to‘xtatiladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ikki kunga o‘chiriladi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:00 gacha ichimlik suvi qisman to‘xtatiladi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ xabariga ko‘ra, suv ta’minotining to‘xtatilishi rejalashtirilgan profilaktika ishlari bilan bog‘liq.

Ichimlik suvi o‘chiriladigan manzillar:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
«Chingeldi», «Iqtidor», «Ijodkor», «Alisherobod», «Geologlar», «Temuriylar», «Sarbon», «Gulzorobod», «Ko‘hna Mevazor» mahallalarida, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud – tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida.

Yashnobod tumani bo‘yicha:
«Amir Temur», «Tuzel», «Vatandosh», «Tong», «Al-Buhoriy», «Yashnobod», «Navro‘zobod», «Dilbog‘», «Parvoz», «Birlashgan», «Go‘zal», «Alimkent», «Donishmand», «Shohimardon», «Xosiyatli», «Shohsanam», «Oydinko‘l», «Yangidavr», «Katta Yangiobod», «Yanginur», «Maxmur», «Jarqo‘rg‘on», «Asalobod», «Beshbola», «Barkamol», «Beshariq», «Fazogir», «Muxtor Ashrafiy», «Ahmad Yassaviy», «Tarnovboshi», «Yangi qo‘rg‘on», «Nodira», «Ko‘ksaroy», «Do‘stobod», «Iltifot», «Chinor», «Cho‘lpon», «Shirinobod» mahallalarida, 7 – sonli issiqlik qozonxonasi hamda 21 – sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limida.

Sergeli tumani bo‘yicha:
«Uchuvchilar», «Qumariq», «Choshtepa», «Junariq», «Aviashaharcha», «Nog‘oyqo‘rg‘on» mahallalarida, Toshkent xalqaro aeroporti, 4-sonli Avtokorxona, Maxsustrans korxonasi, Sa’diy ko‘chasidagi non ishlab chiqarish sexi, 2–sonli shifoxona, Transport prokuraturasi hamda Davlat xavfsizligi xizmati omborxonasida.

Mirobod tumani bo‘yicha:
«Qorasuv», «Fitrat», «Yangizamon», «Sarako‘l», «Tong Yulduzi», «Inoqobod», «Temiryo‘lchilar», «Navro‘z», «Oltinko‘l», «Banokatiy», «Zaminobod», «Istiqlolobod», «Birodarlik», «Furqat» mahallalarida, 4 va 5 – sonli shahar tug‘uruqxona majmualarida.

Yangihayot tumani bo‘yicha:
«Yangi Choshtepa», «Choshtepa» mahallalarida.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
Bobur ko‘chasi 46/1, 46/2, 46/3, 55, 57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b – sonliko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59 – sonli ko‘p qavatli uylarda, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2g – sonli ko‘p qavatli uyda, «Toshshahargazta’minot» korxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda tuman ichki ishlar bo‘limida.

«Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring