Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Chilonzor, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlari ayrim hududlari vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi.

«Hududgazta’minot» korxonasiga ko‘ra, bu tizimda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Bugun, 27-mart kuni soat 10:00 – 18:00 oralig‘ida ta’minot to‘xtatiladigan manzillar:

  • Chilonzor tumani – Zarqo‘rg‘on, Fidokor, Navbahor, Katta Navbahor, Ko‘tarma, Naqqoshlik, Botirma, Lutfiy, 1-Qatortol, Nafosat, Diyor, Qatortol, Cho‘pon ota, Bog‘zor, Oqtepa mahallalari va S-mavzesida;
  • Uchtepa tumani – Tepa Qo‘rg‘on, Qo‘rg‘on tepa, Ko‘hna Cho‘ponota, Bog‘obod, Bog‘iston, Birlik, Nayman, Guzar, 11-12-13-14-15-26-mavzelarda;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani – Ne’mat berk ko‘chasidagi 74 ta yerli xonadonlarda gaz o‘chiriladi. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring