Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toza qo‘llar» dasturi qanday ishlaydi?

«Toza qo‘llar» dasturi qanday ishlaydi?

Joriy yil 6-may kuni Vazirlar Mahkamasining «Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 297-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida «Toza qo‘llar» dasturi joriy etiladi.

«Toza qo‘llar» dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:

  • sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash;
  • ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena ob’yektlari (hojatxona) infratuzilmasini yaxshilash, ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
  • aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha maqsadli dastur shakllantiriladi.

Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenaning «Uch yulduzli yondashuv» metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida «Uch yulduzli yondashuv» metodikasini joriy qilish bo‘yicha dastur;
  • Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini «Uch yulduzli yondashuv» metodikasi bo‘yicha baholash mezonlari;
  • Suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashning manzilli ro‘yxati;
  • Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini 2025-yilda rivojlantirish dasturi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari «Toza qo‘llar» haqida to‘xtalgan va ushbu maqsad uchun shu yilning o‘zida budjetdan 780 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring