Tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan hududlar aytildi
Davlat statistika qo‘mitasi tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan tuman va shaharlar statistikasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng past bo‘lgan hududlarning dastlabki «uchtaligi»da Ohangapon shahri (10,8 ta) hamda Bo‘zatov (15,3 ta) va Buxoro (15,6 ta) tumanlari qayd etilgan.
Shuningdek, mos ravishda, keyingi o‘rinlarni:
- Tomdi tumani – 15,7 ta
- G‘ozg‘on shahri – 15,8 ta
- Kogon tumani – 15,8 ta
- Taxtako‘pir tumani – 16,4 ta
- Shumanay tumani – 16,5 ta
- Qorao‘zak tumani – 16,9 ta
- Boyovut tumani – 16,9 ta bilan band qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tug‘ilish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan hududlar haqida ham ma’lumot berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter