Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi vaqtda aholi tinchligini buzgan «futbolchi»lar sudda javob beradi

Tungi vaqtda aholi tinchligini buzgan «futbolchi»lar sudda javob beradi

Joriy yil 2-avgust kunidan 3-avgust kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 00:30 larda Bulung‘ur tumani «Gulozor» mahallasida yashovchi fuqaro Z. Bulung‘ur tumani IIB navbatchilik qismiga telefon orqali murojaat qilib, yashash uyining oldida joylashgan futbol o‘yingohida bir necha shaxslar baqir-chaqir qilib, har-xil uyatli so‘zlarni aytib, shovqin solib, oilasi tinchini buzganligini ma’lum qilib, ularni tinchlantirishni so‘ragan.

Murojaatga asosan, Bulung‘ur tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar o‘yingohiga borgan vaqtida, haqiqatdan ham u yerda bir necha nafar yigitlar soat 23:00 dan so‘ng, shovqin qilib, aholi tinchini buzayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, IIB xodimlari yigitlarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ular xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilish jarayonida ularning ortidan yaqinlari tuman IIB binosiga kelib, shovqin ko‘tarishgan.

Ushbu fuqarolardan biri M.Z. qo‘l telefoniga go‘yoki IIB xodimlari ularni urayotganligini aks ettirish maqsadida yolg‘on va asossiz so‘zlar bilan holatni video tasvirga olgan.

Hodisada xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish yoki qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari sodir etilmagan.

Hozirgi kunda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 192, 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar JIB Bulung‘ur tumani sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring